avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан

                                                                INSHO
 
Mavzu; Bobom va buvim   mahallamiz faxri
 
         Asrlar yillar o’tadi lekin qadr e’zoz xotira tushunchalari hech qachon o’chmaydi.
 
Xotirasini qadrlashni ezozlashni unutgan inson, qo’pol qilib aytganda hayvonga aylanadi. Inson tug’ilibdiki ertam bor deb yashaydi lekin vaqt tugaganda kech bo’ladi, shuning uchun keksalarimizdan ibrat olib suyanchiq bo’lib yashash bizning burchimiz
 
                                                                      ISLOM  KARIMOV
 
Kirish;    Keksalarni e’zozlagan yurt obod bo’lur.
 
  1. Asosiy qism;
 
  1.Bobom va buvimni ko’gan kechirganlari.
 
  2. Bobom va buvimni mahallada tutgan o’rni.
 
  3. Bobomni nasihatlariga amal qilaman
 
  4.    Xulosa; Keksalarni e’zozlab duosini olaylik.
 
          Keksalar.  Bu so’zni eshitganimizda   qo’llarida aso tutgan,   oppoq soqollari ko’ksini to’ldirib turgan nuroniy otaxonlar va yuzlarida farishtadek nurlar taralayotgan onaxonlarimiz ko’zoldimizda bo’ladi. Bizning o’zbek xalqimizda azal- azaldan qariyalarni ardoqlash, bellaridan quvvati ketganida mehr –muhabbat ko’rsatish azaliy an’analarimizdan biriga aylanib qolgan. Bu azaliy an’analarimizni davom ettirish maqsadida ushbu yilni Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan 2015- yil  “ Keksalarni e’zozlash yili “ deb e’lon qildi. Davlatimiz rahbari tonidan olti bo’limdan iborat davlat dasturi ishlab chiqildi. keksalarni ezozlagan ie hech qachon kam bo’lmaydi .va aksincha obod va ozod bo’ladi. Demak biz yoshlar ham buni eslab yurmog’imiz yodimizda saqlashimiz kerak.
 
 Urush yillarini eslar ekan bobom va buvim ko’zlarida yosh anqib turib shukur-shukr deb bir necha bor aytishadi. Bolalikni beg’ubor  onlar deb ataymiz. Lekin o’sha davrlarda kattalardan ko’ra bizning tashvishimiz ko’proq tug’ilar edi doimiy qo’quvda qolib ketamiz deb o’ylab qolar edim, lekin yana o’zimga so’z berib harakat qilar edim deydi bobom. Garchi jangda bo’lmasamda qalbini bir parchasi jigarim o’sha yerda urushda yo’q bo’lgan deb ko’zlari lim to’la yosh akasini qaytishini kutgan bobom hali ham ularni tirikligiga ishonar edi .Bugungi dorilamon kunlar uchun shahid ketganlarni yana bir bor yodga olaylik. Inson jasoratini esga olish va uni qadrlash bebaho boylik hech narsa bilan ajratib bo’lmaydigan qadriyatlardandir.
 
Davlatning kuch-qudrati nafaqat uning armiyasida, balki mamlakatda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, vatan parvarlik,fuqarolarni ahilligi keksalarni e’zozlanishidan bilsa bo’ladi. Mening bobom butun umrini yoshlarga ta’lim –tarbiya berishga bag’ishlagan. Bobomni mahalladagi barcha katta kichik birday hurmat qiladi har bir ishini yo’i-yo’rig’ni so’rab oladi. Bobom ham ko’pni ko’rgan ziyoli inson. Bobom men uchun dunyodagi mehribon kishi.Har tongda uyg’onib maktabga shoshilayotgan bo’lamiz ular esa xonadonimiz nur-u ziyolari sanalgan bobo –buvilarimiz qo’llarini duoga ochib bizni duo qiladi. Ular doimo duo qilganda yurtimiz tinchligi, dasturxonimiz to’kin bo’lishini so’raydi. Bobom va buvimning har bir aytgan so’zi men uchun katta saboq bo’lib borayapti. Bobomning har bir aytgan pand-nasiyhatlarini qulog’imga quyib, doimo amal qilaman.Keksalarimizning qorday opppq soch-soqollariga yuzlaridagi ajinlarga qo’llaridagi qadoqqa ularda urush asoratlarini ko’ramiz. Zero ular bugungi dorilomon kunlarning istiqbol sarchashmalari ekanligini unutmaylik.
 
      Kelinglar barchamiz bobo  va buvilarimizni duolarini olib keksaygan chog’larda ularga suyanch bo’laylik.
 
      Keksalarni avaylab, asrang.
 
      Tirgak bo’ling ularga hamon,
 
       Duo qilsin sizlarni hamdam.
 
        Siz ham bo’ling ularday bardam.
 
O’zbek xalqida azaldan; ,, Qarisi bor uyning pariysi bor’’, -deyishadi.
 
Bugun esa bobom mening eng yaqin suyanchimga aylangan. Men shunday mehribon, dono, g’amxo’r bobom borligidan faxrlanaman.
 
     Suyanchiqda  tog’lardek har-on,
 
     Kundan-kunga turmush farovon.
 
     Ular bilan totli zamon,
 
     Baxtimizga bo’lsin omon
 
     Har bir tongni savobdan boshlang,
 
     Keksalarni e’zozlab yashang.
 
 
 
                           8-B  SINF O’QUVCHISI NABIYEVA  SAIDA
 
 
 
          Kosonsoy 35 maktab.